Bu nima: Bu EKUning asosiy usuli bo‘lib, unda ayolning tuxum hujayralari organizmdan tashqarida, laboratoriya sharoitida sperma bilan urug‘lantiriladi, so‘ngra embrion bachadon bo‘shlig‘iga o‘tkaziladi.
Kimga mos:
Bachadon naylari tutilishi bo‘lgan ayollarda
Endometriozda
Bachadon ichi inseminatsiyasi samarasiz bo‘lganda
Noma’lum (tushuntirib bo‘lmaydigan) bepushtlikda
Xususiyatlari:
Tanlangan harakatchan sperma ishlatiladi
Urug‘lanish mustaqil ravishda (embriolog aralashuvisiz) sodir bo‘ladi
Saqlangan yoki biroz pasaygan fertillikda qo‘llaniladi
Qanday o‘tadi:
Ovulyatsiyani gormonlar bilan rag‘batlantirish
Follikulalarni punksiya qilish va tuxum hujayralarini olish
Tayyorlangan sperma bilan tuxum hujayralarini aralashtirish
2. EKU bilan SII (spermatozoidning intratsitoplazmatik inyeksiyasi)
Bu nima: Modifikatsiyalangan EKU usuli, bunda embriolog spermatozoidni qo‘lda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuxum hujayrasi sitoplazmasiga kiritadi.
Kimga mos:
Bepushtlikning erkak omilida (spermatozoidlarning kamligi, harakatchanligi yoki morfologiyasi)
Oldingi muvaffaqiyatsiz EKU urinishlarida
Olingan tuxum hujayralar soni kam bo‘lganda
Yosh omilida (35-37 yoshdan katta ayollarda)
Xususiyatlari:
Yashovchan spermatozoidlar soni minimal bo‘lganda ham samaralidir
Embriologning yuksak mahoratini talab qiladi
Urug‘lanish imkoniyatini oshiradi
Qanday o‘tadi:
Barcha bosqichlar klassik EKUga o‘xshaydi
Bundan tashqari — har bir yetilgan tuxum hujayraga bitta spermatozoid qo‘lda inyeksiya qilinadi
3. Ozg‘in tuxumdonlar sindromida (OTS) SII (spermatozoidning intratsitoplazmatik inyeksiyasi) bilan EKU — to‘plovchi dastur
Bu nima: Ozg‘in tuxumdon sindromi yoki tuxumdon zaxirasi past bo‘lgan ayollar uchun maxsus dastur, unda tuxum hujayralari bir necha rag‘batlantiruvchi sikllar davomida to‘planadi va keyin urug‘lantiriladi.
Kimga mos:
AMG past va/yoki FSG yuqori bo‘lgan ayollar
Katta reproduktiv yoshdagi ayollarga (40+)
Tuxumdonlarning erta charchashida
Xususiyatlari:
Bir siklda 1-2 tadan tuxum hujayra to‘plash imkoniyati
Yumshoq rag‘batlantirish protokollaridan foydalanish
Urug‘lantirish va embrionlarni ko‘chirish — kerakli miqdorda to‘plangandan so‘ng
Qanday o‘tadi:
Takroriy ovulyatsiyani rag‘batlantirish
Har bir siklda tuxum hujayralarini olish va muzlatish
To‘plangandan so‘ng — muzdan tushirish, SII (spermatozoidning intratsitoplazmatik inyeksiyasi) usulida urug‘lantirish va ko‘chirish
4. Вachadon ichi inseminatsiyasi
Bu nima: Bu yumshoq va kam invaziv YoRT usuli bo‘lib, unda maxsus ishlov berilgan sperma ovulyatsiya davrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bachadon bo‘shlig‘iga yuboriladi.
Kimga mos:
Yengil erkak bepushtligi bo‘lgan yosh er-xotinlar
Servikal bepushtlik omilida
Bepushtlikning sababi aniqlanmaganda
Normal ovulyatsiyali ayollarda EKUga tayyorgarlik doirasida
Xususiyatlari:
Narkoz yoki punksiya talab qilinmaydi
Tabiiy yoki stimulyatsion siklda o‘tkazilishi mumkin
EKU ga qaraganda kamroq xarajatlar va xavflar
Qanday o‘tadi:
Ovulyatsiyani kuzatish (UTT + gormonlar)
Urug‘ni tayyorlash (sherik yoki donordan)
Kateter yordamida spermani bachadonga yuborish
Qabulga yozilish
Aloqalar
“Mediofarm Hospital” Bodomzor Yunusobod tumani, Kichik halqa yo‘li 27B +998 555-111-000 +998 93 381-60-60 dush–jum 08:00-17:00 | shan 08:00-16:00
Sayt sizning unda qolishingizni imkon qadar qulay qilish uchun cookie-fayllardan foydalanadi. Saytda qolish orqali siz cookie-fayllardan foydalanishga rozilik bildirasiz.